O‘zbekistonda fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

© Sputnik / Igor Katayev / Mediabankka o‘tishXimicheskie udobreniya
Ximicheskie udobreniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "Fosagro" xoldingi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda murakkab fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.  

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Rossiyaning "Fosagro" xoldingi O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov bilan o‘g‘itlar yetkazib berish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Kimoviy o‘g‘itlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qozog‘istonga 19 tonnadan ziyod o‘g‘it ekport qildi

Bugun, 2-iyul kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda PAO "Fosagro"ning marketing va savdo bo‘yicha direktori Sergeyem Pronin, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda “O‘zximprom” AJ raisi Odil Temirovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda “Fosagro” tomonidan O‘zbekistonga o‘g‘itlar yetkazib berishning uzoq muddatli istiqbollari hamda ushbu sohada yaqin munosabatlar o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Rossiyalik ishlab chiqaruvchi ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Muhokama davomida, tomonlar shuningdek, O‘zbekistonda kelajakda murakkab o‘g‘itlarni ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilishdi.

Ma’lumot uchun, dunyoda eng yirik fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bo‘lgan, "Fosagro" guruhi tarkibiga Cherepoves shahrida joylashgan "Apatit" korxonasi va uning Kirovsk va Balakov shaharlaridagi sho‘’ba korxonalari, Volxov shahridagi "Metaxim" korxonasi va boshqa zavodlar kiradi.

Yangiliklar lentasi
0