TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Homilador Ayperi Toychinova 26 yoshli turmush o‘rtog‘ini qidiruv ishlarida yordam berilishini so‘radi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 29-iyun kuni Alamudun darosining kuchli oqimi Sulton Bakayevni olib ketdi.
Fojia haqida xabar qutqaruvchilarga shanba kuni soat 13:14 da kelib tushdi. Boshida qidiruv-qutqaruv ishlarida 35 kishi ishtirok etdi, yakshanba kuni ularning soni 100 taga yetdi.
Yigit o‘tin yorayotgan bo‘lgan va ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketgan bo‘lishi mumkin.
Toychinova u nega daryo oldiga tushganini bilmaydi, biroq uning turmush o‘rtog‘i o‘tin yorganini rad etadi. Ayol baxtsiz hodisa uning tug‘ilgan kunida sodir bo‘lganini aytadi.
Ayperi Toychinova ijtimoiy tarmoqda qidiruv ishlarida yordam berilishi haqida post yozdi.