Migrantlar Irkutskda suv toshqinidan zarar ko‘rganlar uchun buyum jamlashdi

© Sputnik / Yekaterina Solovyeva / Mediabankka o‘tishVolonteri sortiruyut i upakovivayut veshi
Volonteri sortiruyut i upakovivayut veshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Irkutskda ishlaydigan migrantlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan mahalliy aholiga yordam berish uchun kiyim-kechak jamladi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Irkutskdagi “Kitay-gorod” nomli bozorda ishlayotgan migrantlar suv toshqinidan zarar ko‘rganlar uchun buyum jamlashga yordam berdi, deb xabar qilmoqda telegram-kanal Mash.

Ushbu videoni suratga olgan kishi aytishiga qaraganda bozorda ishlayotgan xorijiyliklar bir daqiqa ichida avtomobil ichini buyumlar bilan to‘ldirib tashlashgan.

“Kitay-gorod”ga kelib suv toshqinidan zarar ko‘rganlarga yordam berishni so‘radim. Qasam ichmanki, bir daqiqa ichida ular moshinani ichini kiyimlar va poyabzal bilan to‘ldirib tashlashdi. Hamma yordam berayapti. Bizda xorijiyliklar yomon deb ko‘p eshitamiz, lekin mana uarning haqiqiy insoniy  yuzi. Sizlarga katta rahmat yigitlar!”, - deydi videoni suratga olgan kishi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dam olish kunlarida Irkutskda kuchli suv toshqini sodir bo‘lib 4200 uyni suv bosgan, yuzlab odamdar  boshpanasiz qolgan, besh kishi qurbon bo‘lgan edi. Yakshanba kuni bu yerga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham yetib kelgan edi.

Yangiliklar lentasi
0