TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. 30 iyun kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida kuchli do‘l yog‘di. Bu haqda Economista nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, ayrim joylarda yoqqan do‘lning balandligi bir metr yoki undan ham balandni tashkil etgan.
#Mexicana city turns white after freak hail storm blankets area in ice.The streets of sunny #Mexico were transformed into a winter wonderland overnight after a freak hail storm swept across the city of #Guadalajara #Ice up to 1.5cm thick carpeted the city in the western #Mexico pic.twitter.com/c9h3WH5ayR
— Brandi News Update (@brandilmelb) 1 iyulya 2019 g.
Mahalliy hukumat ko‘chalarni do‘l uyumlaridan tozalash maqsadida og‘ir texnikani ishga solgan. Hozirda favqulodda vaziyatlar xizmati tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan binolarni tekshirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan suratlarda muz qatlami ko‘chaning katta qismini to‘sib qo‘ygani, ayrim avtomobillar qariyb muz qatlami ostida qolib ketganini ko‘rish mumkin. Ko‘plab binolar qulab tushgan.
#Guadalajara blanketed in 1.5 metres of ice after massive #hailstorm#Mexico pic.twitter.com/4zpejukGlY
— Ruptly (@Ruptly) 1 iyulya 2019 g.
Ma’lum qilinishicha, hozircha tabiiy ofatdan jabrlanganlar haqida ma’lumot mavjud emas.
Xabarda bu kabi kuchli do‘l yog‘ishi shahar tarixidagi ilk hodisa ekanligi qo‘shimcha qilingan.