VDNXdagi "O‘zbekiston" paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan

© YouTubeKak restavriruyut pavilon Uzbekistana na VDNX - video
Kak restavriruyut pavilon Uzbekistana na VDNX - video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri VDNXdagi sobiq "O‘zbekiston SSR" paviloni qanday restavratsiya qilinayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.

Joriy yil VDNXdagi №66 pavilon (sobiq "O‘zbekiston SSR" paviloni) yana O‘zbekistonga qaytadi. Xuddi shunday qaror Urganchda o‘tkazilgan RF va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari uchrashuvi vaqtida qabul qilindi va Moskva meriyasi hamda Toshkent hokimligi o‘rtasida shartnoma bilan mustahkamlab qo‘yildi.

Muddatsiz ijara O‘zbekistonga, VDNXda o‘z vakolatxonasini tiklashga qaror qilgan boshqa sobiq ittifoqi davlatlari singari, yiliga 1 rublga tushadi.

Hozirda tarixiy binoda murakkab restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Sputnik muxbiri bu ishlar yakuniga yetib qolay dedimi-yo‘qmi, bilish uchun voqea joyiga yo‘l oldi.

Ishlar shipgacha...

Sobiq "O‘zbekiston SSR" paviloni — madaniy meros obyekti bo‘lib, VDNXdagi eng mashhur joylardan biri - o‘z favvorasiga ega, ingichka ustunlardan qad rostlab turgan ko‘rkam gumbazli binodir. Hozir u yopiq va go‘yo u yerda hech narsa ro‘y bermayotgandek tuyuladi. Aslida esa, bino ichida, bir necha haftadan so‘ng, serquyosh va mehmondo‘st respublikaning haqiqiy burchagi Moskvada ham paydo bo‘lishi uchun hayot qaynamoqda.
© Iz arxiva A. GrigorovaArxivnie foto pavilona №66 na VDNX v Moskve
VDNXdagi O‘zbekiston paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan - Sputnik O‘zbekiston
Arxivnie foto pavilona №66 na VDNX v Moskve
Pavilonda o‘ttizga yaqin ishchilar mehnat qilishapti. Ulardan biri shipga chiqib olgan va o‘n ikki metr balandlikda ganchkor naqsh ustidan ulkan changutkichni yurg‘izmoqda. Bu jarayon changsizlantirish, deb ataladi. Jimjimador bezaklar ustida haddan ziyod ko‘p chang to‘plangan - axir shipni 1954-yildan buyon hech kim tozalamagan. Bu o‘ta nozik va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, eskirgan ganchlarga ehtiyotkorlik bilan, avaylab munosabatda bo‘lish lozim.
"Elektrika va ventilyatsiya ishlari qoldi, — deydi bosh pudratchi - YeKS kompaniyasi tomonidan loyiha rahbari bo‘lgan Dmitriy Mizin. Ishchilarimizning deyarli barchasi malakali ishchilar, noprofessionallar bu ishni eplay olishmasdi. Lekin qo‘l ostimizda ikki-uch nafar qora ishchilar ham bor. Pavilonni topshirish arafasida ishchilarimiz sonini oshiramiz - obyektda oltmish nafargacha odam bo‘ladi".
© Sputnik Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
VDNXdagi O‘zbekiston paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan - Sputnik O‘zbekiston
Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
Bosh zal markazida yangi eman parketli qoplar joy olgan. Aslida, boshida 1954-yilda yasalgan pollarni restavratsiya qilishga qaror qilingan edi, ammo binodagi ko‘psonli o‘zgartirishlar tufayli u yaroqsiz holatga kelgan.
"Eskpluatatsiyalar jarayonida tarixiy parket usti yangi qatlam bilan qoplangan, — deb hikoya qiladi Dmitriy Mizin. — So‘ngra — allaqanday kovrolin bilan, kovrolin esa, o‘z navbatida ikki-uch qatlam DSP qatlamlari ostida yashiringan. Endi tasavvur qila olasizmi, daraxt qay holatga kelganini? U qorayib ketgan, boz ustiga unda mixlarning izlari bor edi. Qanchalik xohlamaylik, parketni restavratsiya qilishning imkoni yo‘q edi".
© Sputnik Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
VDNXdagi O‘zbekiston paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan - Sputnik O‘zbekiston
Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
Pavilondagi ta’mirlash-tiklash ishlari 2017-yil oxirida boshlangan. Moliyalashtirishni Rossiya Madaniyat vazirligi o‘z zimmasiga olgan, obyekt yaqin vaqtlarga qadar uning zimmasida bo‘lgan. Devorlar, ship, kolonnalar, ganchlar, lyustralar tartibga keltirildi.

"Biz hech narsa o‘ylab topmaganmiz, — deya hikoya qiladi ishlar buyurtmachisi ROSIZO muzey-ko‘rgazma markazi vakili Tatyana Chumakova. – Loyiha tarixiy hujjatlarga muvofiq tuzilgan edi. Restavratsiya ishlari bir necha bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgandi. Avvaliga – pavilon ichida, so‘ngra fasadda va avariya holatida bo‘lgan yarim doira shakldagi gumbazda".

© SputnikPavilon № 66 na VDNX
VDNXdagi O‘zbekiston paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan - Sputnik O‘zbekiston
Pavilon № 66 na VDNX

Endilikda, pavilon O‘zbekiston tomoniga ijaraga berilgach, restavratsiya harajatlarini Markaziy Osiyo respublikasi o‘z zimmasiga oladi. Bu borada pavilon yangi egalarining rejalari qandayligi hozircha - noma’lum.

Moskvadagi "O‘zbekiston" sirlari

Ushbu majmuaning iftixorlaridan biri - tarixiy yog‘och eshiklardir. Unga murakkab o‘ymakor naqsh berilgan. 1950-yillar o‘rtalarida ushbu noyob ornament o‘zbekistonlik ikki usta tomonidan pavilon uchun maxsus yaratilgan. Ta’mirlash ishlari ketayotgan bir vaqtda ular vaqtincha olib qo‘yildi. Ammo ustunlarning aksariyati va ship ganchini yangitdan yaratishga to‘g‘ri keldi. Buning uchun VDNX arxividagi chizma va suratlardan foydalanildi.

© Sputnik Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
VDNXdagi O‘zbekiston paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan - Sputnik O‘zbekiston
Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve

G‘oyib bo‘lgan shedevrlar

Joriy yilda VDNX paviloni saksoninchi yubileyini nishonlaydi. Avvaliga u bir yo‘la bir nechta respublikalar uchun bunyod etilgan - O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston uchun. Ammo respublikalar boshqa qurilmalarni o‘z tasarrufiga olishgan va "ayrilganlar".

"O‘zbekiston" paviloni buyuk arxitektor Stefan Polupanov tomonidan yaratilgan, u bu obyektni ikki marta qad rostlashga muvaffaq bo‘lgan.

© Iz arxiva A. GrigorovaArxivnie foto pavilona №66 na VDNX v Moskve
VDNXdagi O‘zbekiston paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan - Sputnik O‘zbekiston
Arxivnie foto pavilona №66 na VDNX v Moskve

"Birinchi pavilon yog‘ochdan edi, — deb hikoya qiladi tarixchi Pavel Nefedov. – Urushdan keyin VDNXda barcha qurilmalar obdon inspeksiyadan o‘tkazilgan va yog‘och inshootdan voz kechishga, uning o‘rniga mukammalroq qurilmani bunyod etishga kelishilgan. Xuddi shu Polupanov 1954-yilda yana to bizgacha yetib kelgan pavilon muallifiga aylandi.

Bu yerda paxta terimchilari va energetiklar o‘z yutuqlarini namoyish etganlar. Monumental freskalardan birini rossiyalik buyuk arxitektorlardan biri Konstantin Melnikov yaratgan. U o‘zi uchun eng murakkab bo‘lgan yillarda, 50-yy boshlarida naqqoshlikda o‘zini sinab ko‘rgan. Ulug‘ Vatan urushidagi sovet marshallarining turkum krassik portretlari muallifi - Petr Kotovning freskalari ham pavilon faxri bo‘lgan.

"Ushbu naqshlarning birida Chirchiq GES jilvalangan bo‘lsa, ikkinchisida kanal qurilishi, taxminan Qoraqum kanali qurilishi aks ettirilgan, — deb hikoya qiladi yozuvchi Amiram Grigorov. – Keyinchalik bu naqshlarning ikkisi ham vahshiylarcha ohaklab tashlangan".

Madaniy qayta ixtisoslashtirilish

1960-yillar o‘rtalariga kelib, "O‘zbekiston" paviloni "Sovet madaniyati"ga aylangan. Tarixchi Pavel Nefedov so‘zlariga ko‘ra, VDNXning qayta ixtisoslashtirilishi respublikalar majmualarida ekspozitsiyalar ko‘pincha qayta takrorlanishi bilan bog‘liq edi. Misol uchun, paxta terimi bir yo‘la bir necha milliy pavilonlarda taqdim etilgan edi. Natijada, bu kabi jo‘g‘rofiy tamoyildan sohaviy tamoyil foydasiga tamomila voz kechiladi.

© Sputnik Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
VDNXdagi O‘zbekiston paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan - Sputnik O‘zbekiston
Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve

Qator eksponatlarning g‘oyib bo‘lishi aynan shu vaqtga aloqador. Amiram Grigorovning aytishicha, o‘zbek sopol buyumlari, gilamlari kolleksiyasi, shuningdek, mashhur haykaltaroshlar - Anton Lavinskiy va Iosif Chaykov muallifligiga mansub bo‘lgan bir nechta haykallar - paxta ko‘targan pioner qiz, doira chalayotgan musiqachi izsiz g‘oyib bo‘lgan.

Shuningdek, choyxona ham yo‘qotilgan. Stefan Polupanov tomonidan bunyod etilgan choyxona hatto pavilondan ham ko‘rkamroq bo‘lgan, deb aytishadi. VDNX qayta ixtisoslashgach, u bir muncha vaqt ajralib turgan va yangi ansamblga mos kelmagani bois, keyinchalik buzib tashlangan.

© Sputnik Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
VDNXdagi O‘zbekiston paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan - Sputnik O‘zbekiston
Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve

Sobiq Ittifoqi barham topgach, savdo-sotiq avjiga chiqishiga qaramay, pavilon o‘z yuzini yo‘qotmaslikka muvaffaq bo‘lgan. Bu yerda, tabiiyki asal emas va hatto mushuk bolalari ham emas, balki qo‘l hunari va rassomlar uchun tovar hisoblangan - zargarlik buyumlari sotilgan. 

2014 yilda, ko‘rgazma majmuasiga tarixiy bo‘lgan - VDNX nomi qaytarilgach, sobiq "O‘zbekiston" bir muddatga muzey zaxiralaridagi sovet rassomlari ekspozitsiyalari uchun ko‘rgazma maydoniga aylanadi. Ammo bino rassomchilik asarlarini namoyish etishga ixtisoslashmagani ma’lum bo‘lib qoldi - shiplar juda baland, devorlar kam, serorug‘lik - galereya sifatida umuman to‘g‘ri kelmas edi.

© Sputnik Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve
VDNXdagi O‘zbekiston paviloni o‘zida qanday sinoatni mujassam etgan - Sputnik O‘zbekiston
Rekonstruksiya pavilona № 66 VDNX v Moskve

"Respublika pavilonida sanoat yutuqlari va mamlakat san’at namunalari taqdim etilishini xohlar edik, — deydi dizayner va jamoatchi Fatima Arifjanova. – Lekin, fikrimcha, bu yerda boshqa respublikalar pavilonlari singari savdo rastalari qo‘yilsa kerak".

O‘zbekiston Moskvadagi yana qayta ega bo‘lgan qasrda mehmonlarni nimalar bilan hayratga solishini yoz faslining o‘zidayoq - VDNX yubileyi nishonlanlan vaqtda bilib olamiz.

Yangiliklar lentasi
0