TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. Toshkentda ulkan xazina topildi. Birgina kitobining o‘zi — 600 ming dollar!, - deb xabar qilmoqda O‘zA.
Xazina aniq qayerda va kim tomonidan topilgani xabarda aytilmagan, lekin uning qiymati kattaligi va uning tarkibida qimmatbaho kitob borligi aytib o‘tilgan.
“Qadimiy oltin tangalar, eng qadimiy manbalardan darak beruvchi sirli xaritalar, diniy qo‘lozma va ikonalar kabi yuzga yaqin noyob tarixiy qiymati hali baholanmagan qimmatbaho ulkan xazina Toshkentdan topildi. Xorijliklar birgina tillo suvi yuritilgan kitobning o‘zini 600 ming dollarga sotishini so‘ramoqda.”, - deyilgan xabarda.
Xazina tarkibida IX -XIX asrlar oralig‘ida Turkiston hududida, shuningdek, XVIII va XX asr boshlarida Rossiya va Yevropaning bir nechta mamlakatlarida zarb etilgan oltin, kumush va mis tangalar kolleksiyalari bor.
Undan tashqari, xazinada Amir Olimxon davriga tegishli qo‘lozmalaru, Yevropa va Osiyo mintaqalar tarixidan hikoya qiluvchi eng noyob manbalar saqlangan.
O‘zA xabarida aytilishiga ko‘ra, ushbu xazina bir qancha vaqt oldin topilgan, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra u ommaga oshkor qilinmagan. Xazinani topish oson bo‘lmagan, unda DXX ham ishtirok etgan.