Investitsiyalar vazirligi Markaziy Bank hisobotiga izoh berdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishKupuri yevro raznogo nominala
Kupuri yevro raznogo nominala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilning 1 choragida O‘zbekistonda kirib kelgan to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalar miqdori aslida qancha?

TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. Ma’lumki, 28-iyun kuni O‘zbekiston Markaziy banki Respublikaga kirib kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar bo‘yicha hisobot e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, 2019-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kirib kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar kamayib salkam 200 mln dollarni tashkil qilgan.

Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi ushbu hisobotdan so‘ng o‘z sharhini e’lon qildi. Unda aytilishiga ko‘ra, ushbu davr mobaynida O‘zbekistonga kirib kelgan investitsiyalar miqdori 2,4 baravar ko‘payib 783 million dollarni tashkil qilgan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, “jalb qilingan va o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni hisoblashda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitalini nafaqat pul ko‘rinishida oshirilishi, balki tovarlar shaklidagi investitsiyalar, shuningdek, nomoddiy aktivlar va texnologiyalar, litsenziyalar va boshqalar inobatga olingan holda” hisoblab chiqilgan.

Yuqoridagi sharhdan so‘ng o‘z o‘zidan savol tug‘iladi, "to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar" o‘zi nima?  

Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - birinchi o‘rinda, bu kompaniyaning aksioner kapitaliga kiritiladigan mablag‘lar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar miqdori muayan davr mobaynida kirib kelgan investitsiyalardan, chiqib ketgan yoki vataniga qaytarilgan investitsiyalarni olib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, XVJ statistik ma’lumotlardan butun dunyo moliyaviy institutlari foydalanadi. XVJ metodologiyasiga ko‘ra investitsiyalar bir necha turga bo‘linadi: To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, Portfelli investitsiyalar, Moliyaviy instrumentlar yordamida amalga oshiriladigan investitsiyalar hamda Boshqa aktivlar. Ularning batafsil tavsifi bilan quyida tanishish mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0