TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. O‘zbekiston IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Xususan, Tashpulatov Aziz Anvarovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari; Kadirov Doniyor Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.
Tashxodjayev Daniyar Baxtiyarovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i, Nazarmuxamedov Davron Abitovich — Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Raxmonov Shavkat Navruzovich — Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Mavlyanov Shovkat Taxirovich — Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan.