Iqtisod

Oʻzbekistonda qozoq benzini paydo boʻladimi – “Oʻzbekneftgaz” javobi

© Sputnik / Igor Zarembo /  / Mediabankka oʻtishToplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stantsii
Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qozogʻiston mamlakat eksport qilayotgan benzinning birinchi partiyasini Oʻzbekiston sotib olishini maʼlum qilgandi.

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Bahodir Siddiqov mamlakatga benzin, jumladan, Qozogʻistondan import qilinishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Uning soʻzlarniga koʻra, oʻzbek bozori bugungi kunda barcha sheriklari uchun ochiq, lekin shaxsiy manfaatlar ham inobatga olinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Na avtozapravochnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston yanvar oyida benzin ishlab chiqarishni necha foizga qisqartirdi?

Jurnalistlarning “mamlakatda benzin bilan bogʻliq vaziyat qanday va nima sababdan Oʻzbekiston yoqilgʻini Rossiya yoki Qozogʻistondan sotib olishga majbur boʻlmoqda”, degan savollariga javob berayotib,  asosiy maqsad – odamlarga tanlash imkoniyatini yaratib, mahalliy bozorni yetarli darajada sifatli yoqilgʻi bilan taʼminlash ekanini qayd etdi.

Uning soʻzlariga koʻra, umuman olganda Oʻzbekiston sheriklari uchun neft mahsulotlari bozorini ochish boʻyicha choralar koʻrmoqda. Mamlakatda allaqachon yuqori sifatli yoqilgʻi yetkazib berayotgan “Lukoyl”ning shoxobchasi faoliyat yuritadi, kelajakda "Tatneft” kompaniyasining shoxobchalari faoliyat yuritishni boshlaydi.

“Shuningdek, Qozogʻiston va Xitoy avtomobil yoqilgʻi quyish shoxobchalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalarimiz bor. Qozogʻistondan benzin sotib olish haqidagi xabarlar ilgari erishilgan kelishuvlar natijasi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga neftni import qilib, uni u yerda qayta ishlab, xususiy mahsulot olish ustuvor vazifalarimizdan sanaladi. Agar qozoq benzini bizda mavjud boʻlgan narxlar bilan raqobatlasha olsa, bu yerda hech qanday muammo boʻlmaydi”, - deya izoh berdi Siddiqov.

Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qozogʻiston qoʻshni davlatlarga benzin eksport qilishni boshlaydi

U soʻnggi ikki yil ichida mamlakat benzin bozorida vaziyat ancha yaxshilangani va hozirda AYOQShda navbatlar amalda yoʻqolgani va yoqilgʻi taqchilligi yoʻqligini qoʻshimcha qildi.

Qozogʻiston iyul oyidan YEOII, xususan, Qirgʻiziston va Belarusga benzin import qilishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, Tojikiston va Oʻzbekiston bilan muzokaralar olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0