Hodisalar

YTH: mashinada piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

© Fotolia / Jan H. AndersenMertvыy chelovek na asfalte
Mertvыy chelovek na asfalte - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Piyoda oʻlimiga sabab boʻlgan haydovchi qidirilmoqda.

TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Denov tumanidayuz bergan YTH haqida xabar qildi.

Budni uzbekskix pojarnikov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
IIV “Shabboda” kafesidagi yongʻin haqida maʼlumot berdi

Xabarda aytilishicha, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 27 iyun kuni soat 22.30larda nomaʼlum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qiziljar mahallasi hududida haydab ketayotib, piyoda Oʻrikzor mahallasida yashagan 41 yoshli Rustam Valiyevni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.

Natijada piyoda R.Valiyev jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu yoʻl-transport hodisasini sodir etgan nomaʼlum haydovchini aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0