Toshkentdagi uch qavatli transport bog‘lamasi sentabrda topshirilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yo‘l va ko‘priklar transportlarning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlab, tirbandlikni bartaraf etadi

TOShKENT, 28-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Maxtumquli va Ohangaron ko‘chalari kesishmasida transport bog‘lamasi qurilishi ishlarini tomosha qildi.

Mazkur transport bog‘lamasi loyihasi o‘tgan yil 1-iyun kuni ma’qullangan edi. Bugun bu yerdagi ishlar yakuniy bosqichga kirgan. 

Avtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiyani beshta yangi avtobus yo‘nalishlari bog‘laydi

Inshoot muhandislik yechimiga ko‘ra noyob bo‘lib, uch qavatdan iborat. Ohangaron shossesi bo‘ylab umumiy uzunligi 502 metr tunnel, Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab 411 metrlik estakada, chorrahaning halqa qismida har biri 29 metrlik ikkita yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda. 

Bu yo‘l va ko‘priklar transportlarning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlab, tirbandlikni bartaraf etadi. Uni joriy yil sentabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Shu yerda Toshkent yer usti halqa metro liniyasi qurilishi bo‘yicha ham ma’lumot berildi. Umumiy uzunligi 52 kilometrdan ziyod bo‘lgan mazkur yo‘l besh bosqichda quriladi. Bugungi kunda "Do‘stlik" metrosidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan yo‘nalish barpo etilmoqda.

"Shahar aholisining ko‘p qismi va poytaxtimizga kelganlar jamoat transportidan foydalanadi. Lekin hozircha to‘la qulaylik ta’minlanmagan. Odamlarning noroziligi shundan. Mana, qancha uylar qurilyapti, shahar rivojlanyapti, yana rivojlanadi. Shularni inobatga olib, shahar jamoat transportini aholiga qulay, arzon, xavfsiz qilib berishimiz kerak", - dedi Mirziyoyev. 

Davlat rahbari ushbu yer usti liniyasini Toshkent metropoliteni va avtobuslar yo‘nalishlari bilan oqilona integratsiyalash, yuklamadan kelib chiqib aholiga qulayliklarni oshirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0