TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. Rossiya va Xitoy milliy valyutalarda hisob-kitobga o‘tish to‘g‘risida hukumatlararo bitimni imzoladi. Bu haqda “Izvestiya” nashri Rossiya Moliya vaziri o‘rinbosari Sergey Storchakning xatiga asosan xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, hujjatni Rossiya bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov va Xitoy Xalq banki raisi I Gan imzoladi.
Xabarda yozilishicha, hozirgi vaqtda hisob-kitob qilish uchun yangi mexanizm yaratilmoqda. Bunda Rossiya va Xitoy o‘rtasida SWIFT tizimi bo‘lishi mumkin.
Milliy valyutada hisob-kitob hajmini oshirish uchun rubl va moliyaviy vositalar bozorini yaratish kerak. Ular o‘zaro savdodagi asosiy mahsulotlar bo‘yicha kurs o‘zgarishi xavfidan sug‘urtalaydi.
Hozirgi vaqtda Xitoy bilan rublda hisob-kitob qilish 10 foiz bo‘lishiga qaramasdan, yaqin vaqtlarda 50 foizga yetishi mumkin. Shuningdek, avval dollarda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ham rubl va yuanda to‘lovlar amalga oshiriladi.
AQShning Federal zaxira tizimi prognoziga ko‘ra, yaqin yillarda dollar asosiy zaxira valyuta maqomini yo‘qotadi.
Amerikalik ekspertlar yaqin vaqtda AQSh prezidenti Donald Tramp dollar devalvatsiyasi haqida qaror qabul qilishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Rossiyada bir necha kun avval dollar o‘tgan yil avgust ko‘rsatkichidan eng ko‘p darajada pasaydi. Amerika valyutasi 62,83 rublgacha arzonlashdi.