Jamiyat

Oʻzbekistonda jazirama: harorat 45 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Devushka u fontana
Devushka u fontana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston hududiga Erondan Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kuzatiladi.

TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazidan maʼlum qilinishicha, 30 iyun — 2 iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga Erondan Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kuzatiladi.

Planeta Zemlya. Vid iz kosmosa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Insoniyat nimadan nobud boʻlishi mumkin – olimlar asosiy 4 ta tahdidni maʼlum qilishdi

30 iyun - 1 iyul kunlari Qoraqalpogʻiston va Xorazmda, 1 - 2 iyul kunlari qolgan hududlarda havo harorati koʻp yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan 5 - 7 daraja yuqori boʻladi.

Kunduz kunlari havo harorati 40 - 43 daraja, janubiy choʻl hududlarda 44 - 45 darajagacha koʻtariladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida garmsel ehtimoli mavjud.

Yangiliklar lentasi
0