Dunyoda

Chimkentda ommaviy tartibsizliklar boʻlib oʻtdi – video

© IA "Novosti-Kazaxstan", Anatoliy UstinenkoRabota politsii Kazaxstana
Rabota politsii Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Namoyishchilar Nur Otan partiyasi mahalliy ofisi oldida toʻplanishdi va uning bayrogʻini yulib tashlashdi.

TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Chimkentda ommaviy tartibsizliklar boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston.

Xabarda aytilishicha, namoyishchilar Nur Otan partiyasi mahalliy ofisi oldida toʻplanib, partiya  bayrogʻini yulib tashlashdi.

“Chimkentdagi partiya filiali belgilangan ish tartibida ishlab turibdi. Kim namoyishga chiqqan va bunga bogʻliq masalalar bilan tegishli organlar shugʻullansin. Hozirda bu odamlar filialda yoʻq. Bayroq masalasida ish qoʻzgʻatilmadi. Agar qonun buzilgan boʻlsa, huquq tartibot xodimlari bu bilan shugʻullansin”, - dedi Nur Otan matbuot kotibi Maksim Spotkay.

Namoyish davomida oʻnlab odamlar Aris portlashidan keyin ularga tovon pullari toʻlanishi va shaharda uy-joy taqdim etilishi haqida talablarni baland ovozga baqirishdi.

Aholi nima talab qilmoqda

Seshanba kuni odamar “Bekjan” bozori va “Oq masjid” oldidagi yoʻlni toʻsib qoʻyishdi. Ular Chimkent va Turkiston viloyati hokimlari bilan uchrashuvni talab qilishdi.

Shahar rahbari Gʻabidulla Abdraximov va viloyat hokimi Umirzak Shukeyev namoyishchilar oldiga chiqdi. Odamlar Aris porlashlaridan soʻng ularga tovon pullarini toʻlash va Chimkentda ularga uy ajratishni talablarni aytishdi. Ayrim kishilar Arisga qaytishni istamayotgani, u yerda portlash qaytarilishi va radiatsiyadan qoʻrqayotganini bildirishdi.

“Provokatorlarga quloq solmanglar! Arisda hech qanday radiatsiya yoʻq. Sizlarga yaqin vaqtlarda Arisda uylar qurib beriladi. Ertaga biz shaharga kirishga yoʻl beramiz. Albatta yuz bergan holat – falokat, qiyinchiliklaringizni tushunaman. Ammo biz sizlar bilan, butun mamlakat sizlar bilan, qoʻldan kelganicha yordam berayapmiz. Butun xalq, butun Qozogʻiston sizlarga yordam bermoqda. Oʻq-dorilarni u yerda olib ketamiz, harbiylar hozir shaharni tozalamoqda. Ular kunduzi va kechasi ishlashmoqda”, - dedi hokim Umirzak Shukeyev.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chimkent shahridagi Al-Forobiy maydonida besh yuzga yaqin kishi toʻplangani haqida xabarlar paydo boʻldi.

“Mitingda soʻroq qilingan odamlar Arisda istiqomat qilmaydi”, - deb yozdi viloyat hokimining maslahatchisi Saken Kalkamanov oʻzining sahifasida.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot |ATYRAU|KZ|06🌍 (@atyrauoil06)

Aris fojiasi

24 iyun kuni ertalab Qozogʻistonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yongʻin yuz berdi, keyinchalik omborxonada oʻq-dorilar portlashi sodir boʻldi.

Taʼkidlanishicha, fojia oqibatida uch kishi halok boʻldi. Xususan, shaharda istiqomat qilgan fuqaro, uning mashinasiga snaryad kelib tushdi va harbiy xizmatchilar Nurlan Axmetov va Bauirjon Alimbekov.

Falokat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. 165 kishi tibbiy yordam uchun murojaat qildi, 89 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 15 nafari jonlantirish boʻlimida. Shahar aholi evakuatsiya qilindi.

Yangiliklar lentasi
0