Bo‘g‘irsoqlar quyoshda “qovurildi”: bu video internet foydalanuvchilarini kuldirdi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoArxivnoe foto prigotovleniya baursakov
Arxivnoe foto prigotovleniya baursakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quyosh issiqligida qaynagan yog‘da bo‘g‘irsoq qovurilishi aks etgan video internetda keng tarqaldi.

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda quyosh issiqligida yerga qo‘yilgan qozonda milliy pishiriq - bo‘g‘irsoq qovurilishi aks etgan video paydo bo‘ldi.

Bu video Qozog‘istonda tasvirga olingani aytilmoqda. U yerda issiqlik 60 darajaga yetgan ekan.

Qozog‘istonliklar bu “quyoshli bo‘g‘irsoqlar” video internet foydalanuvchilarni ancha xursand qildi.

Qizirlorda viloyatida havo harorati shu yozda 40 darajadan yuqori ko‘tarilmadi, bu video feyk deb aytish mumkin.

Aigul Kustabaeva “Nega odamlar bo‘lmaydigan narsani tasvirga olishgan?”, - deb yozgan.

“Tuxum mayli, lekin yog‘ qaynashi – bu oshib o‘tdi”, - deb yozdi exstrima.

Quyoshda qizigan yerda bo‘g‘irsoq quvirsa bo‘ladimi? Bu savol bilan Sputnik Qozog‘iston muxbiri bo‘g‘irsoqlarni pishirish bo‘yicha haqiqiy usta Qizilorda istiqomat qiluvchi ko‘p farzandli ayol Bekzada Aljanovaga murojaat qildi.  

“Butun umrim davomida men yetti o‘g‘il va nevalarimga tonna bo‘g‘irsoq qovurgan bo‘lsam kerak. Bu yerda yoq shunchali issishi emas, balki tutun chiqadigan darajada kuchli qaynashi kerak. Bo‘g‘irsoqlarni to‘g‘ri qovurishni biladigan uy bekalari yaxshi biladi, qozon va yog‘ yetarli darajada qiziganligini aniqlash uchun qozonga gugurt cho‘pi tashlanadi. Agar u yonib ketsa, demak, yog‘ yetarli darajada qizidi va bo‘g‘irsoq qovursa bo‘ladi. Faqat kuchli olov bo‘g‘irsoq qovurish uchun to‘g‘ri keladi!”, - deydi Aljanova.

Bu videodagi “quyoshli bo‘g‘irsoqlar” esa Bekzada ayani kuldirdi.

“Kulgili xazil! O‘ylaymanki, buni ko‘rgan ko‘plab ayollar oilasini xursand qilish maqsadida bo‘g‘irsoq tayyorlash uchun xamir qorishsa kerak. Bu yaxshi, hammaga ma’lumki, uy bekalari o‘zlari non tayyorlaydigan uylarda, bo‘g‘irsoq esa dasturxonimizdagi nonimiz, har doim oilaviy xotirjamlik hukm suradi”, - deb maslahat berdi.

Yangiliklar lentasi
0