Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Trampning Osaka shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtayotgan G20 sammiti doirasida oʻtkazilgan uchrashuvi yakunlandi.
Muzokaralar boshlanishidan avval jurnalistlar Amerika yetakchisidan Putindan AQShda 2020 yilda boʻlib oʻtadigan saylovlarga aralashmaslikka chaqirishini soʻrashgan. Tramp ularning iltimosini bajargan.
“Albatta, aytaman. Iltimos, saylovlarga aralashmang. Saylovlarga aralashmang”, - deya tabassum bilan murojaat qilgan Tramp.
Uning bu soʻzlaridan soʻng barcha jilmayib qoʻygan.