TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. 2020-2025 yillarda kompleks uy-joylarni qurish bo‘yicha dastur loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3993 ta ko‘p qavatli uy-joylarni qurish rejalashtirilgan, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bu haqda O‘zbekiston qurilish vazirining o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Xashimov ma’lum qildi.
"Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlarida 16 qavatli, ko‘p kvartirali 468ta uy, Nukus shahrida va viloyat markazlarida 12 qavatli 504ta uy-joy qurilishi va tuman markazlarida 3021ta to‘rt qavatli va undan yuqori uylarni qurish rejalashtirilgan", - dedi vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, Xashimovga ko‘ra, bugungi kunda "Toshkent-Siti" namunasida "Omazor-Siti", "Yunusobod-biznes Siti", "Mirzo-Ulug‘bek-biznes Siti"lar, viloyatlarda ham shunday obyektlarni qurish, ya’ni "Nukus-Siti", "Andijon-Siti", "Buxoro-Siti", "Qarshi-Siti", "Namangan-Siti" va "Samarqand-Siti"larni barpo etish rejalashtirilgan.