Toshkentdagi Bek To‘pi bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishSorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove
Sorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi Bek To‘pi bozorida qurilish materiallari omborxonasi yonib ketdi.

TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Toshkentdagi Bek To‘pi bozorida yong‘in sodir bo‘ldi deb xabar qilmoqda IIBB.

“Bugun 27-iyun soat 16.14da Chilonzor tumanidagi Toshkent Halqa yo‘lida joylashgan “Bekto‘pi qurilish” MChJ omoborxonasida yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar yetib keldi,"- deyilgan xabarda.

O‘t o‘chirish xizmati xodimlari voqea joyiga bir necha daqiqa ichida yetib kelishib, ishga kirishishdi. Soat 16:28da yong‘in cheklandi va soat 16:52da butunlay bartaraf etildi.

Yong‘inda qurbonlar va jarohat olganlar bo‘lmadi.

Baxtsiz hodisa oqibatida maydoni 200 m2 bo‘lgan omborxona yonib ketdi. U yerda oboy, laminat kabi qurilish materiallari saqlangan. Yong‘in yetkazgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0