TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Rasmiy tadbir davomida navbatdagi safar Germaniya kansleri Angela Merkelning tobi qochdi. Bu haqda RIA Novosti N-tv telekanaliga asosan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer qabul marosimida Merkelni qaltiroq tutdi. Ta’kidlanishicha, kanslerga suv taklif qilindi, biroq uni rad etdi.
Germaniya hukumatining bayonotiga ko‘ra, Merkel o‘zini yaxshi his etmoqda va Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
O‘tgan haftada Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida Germaniya kansleri Angela Merkelning mazasi qochgandi.
Ikki davlat rahbarlari qizil gilamda turganda to‘satdan Merkelni qaltiroq tutib, bir daqiqa ichida qo‘llari holatini ko‘p marta o‘zgartirgandi.