Mirziyoyev jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 27-iyun kuni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanadi.

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarni kasb bayrami – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborakbod etdi.

“Sizlarga o‘zimning samimiy hurmatim, ezgu tilaklarimni bildirib, mashaqqatli va olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, - deyiladi prezident matbuoti xizmati xabarida.

Prezident matbuot, ommaviy axborot vositalari ishi hamma zamonlarda ham og‘ir va mas’uliyatli bo‘lgani, mamlakat yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayot mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda bu mas’uliyat yanada kuchayib borayotganini qayd etgan.

Mirziyoyev mamlakatda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotagini alohida qayd etgan. Sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, milliy media makonda turli mulk shakli hamda siyosiy-ijtimoiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. 

Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
"Vazifangiz adolatni qaror toptirish": vazir Kamilov jurnalistlarga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, keyingi paytda mamlakat ommaviy axborot vositalari hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar tahlili, sog‘lom tanqidiy ruh kuchayib borayotgani alohida e’tiborga loyiq. Chunki bunday tendensiya islohotlar samarasini oshirishga, jamoatchilik nazoratini, fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, barcha darajadagi rahbar va mutasaddilarni el-yurt fikri bilan, zamon talablari bilan hisoblashgan holda ishlashga o‘rgatadi. 

Mirziyoyev o‘zining bilim va salohiyatiga, ishchanlik fazilatlariga ishongan rahbar tanqiddan qo‘rqmaydi, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni xalq bilan muloqotning samarali vositasi, deb bilishi, aslida ham bunday muloqot taraqqiyotni ta’minlaydigan eng asosiy omillardan biri ekanini ta’kidlagan.

“Ayni vaqtda barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: axborot maydonidagi turli bahs va tortishuvlar, avvalo, haqqoniylik va xolislik tamoyillariga asoslanishi, qonun va odob qoidalari doirasida bo‘lishi, shaxsiy g‘araz va xusumatga, soxta obro‘ orttirish usuliga aylanib ketmasligi, inson shaxsi va sha’nini tahqirlashdan yiroq bo‘lishi, bunday salbiy holatlarga bizning media maydonimizda mutlaqo o‘rin bo‘lmasligi kerak”, - deyiladi prezident tabrigida.

Prezident o‘z navbatida, ommaviy axborot vositalarining faoliyat erkinligi kafolatlarini mustahkamlash, jurnalistlarning mashaqqatli mehnatini munosib baholash va rag‘batlantirish, jamiyatda demokratik prinsiplar, fikrlar va qarashlar rang-barangligini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlarini albatta izchil davom ettirilishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0