Maktab direktori va o‘qituvchi o‘rtasida mojaro: mehnat vazirligi izoh berdi

© Sputnik / Anton Unisin / Mediabankka o‘tishPustie parti v odnom iz klassov
Pustie parti v odnom iz klassov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab direktori buyrug‘iga bilan Mehnat kodeksining 100 moddasiga (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi bandi) asosan Farhod Toshboyev bilan mehnat shartnomasi tugatilgan.

TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Mahalliy OAVlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 75-o‘rta maktabda yuz bergan holat yuzasidan xabar qilindi.

Shavkat Mirziyoyev posetil shkolu Temurbeklar maktabi v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Prezident maktablariga imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi

Surxondaryolik Jangil Eshqulova uning farzandi Farhod Toshboyev ishdan bo‘shatilgani holati yuzasidan murojaat yo‘llaydi. Unda 2017-yil Denov tumanidagi 75-o‘rta maktabga chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash fanidan o‘qituvchi vazifasiga ishga qabul qilingan. F.Toshboyev ayrim o‘quvchilar Rossiya Federatsiyasiga mehnat migratsiyasiga ketgani, ayrimlari darsga muttasil kelmagani uchun jurnalda bu holni qayd etib, ularga baho qo‘ymaydi.

Onaning iddaosiga ko‘ra, maktab direktori Marhabo Turdiyeva F.Toshboyevdan darsga kelmayotgan o‘quvchilarning baholarini qo‘yib berishni talab qiladi. Yosh o‘qituvchi bunga ko‘nmaydi. Shundan so‘ng rahbar hamda o‘qituvchi o‘rtasida shaxsiy xusumat paydo bo‘ladi.

F.Toshboyev kerakli instansiyalarga mavjud vaziyat yuzasidan murojaat qiladi. Maktabdagi bu holat yuzasidan prokuratura taqdimnomasiga asosan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va F.Toshboyevning barcha vajlari o‘z isbotini topadi. Jumladan, 10-“D” sinf o‘quvchilari F.Jalilov va N.Hasanova darslarga muntazam qatnashmagani, 11-"B" sinf o‘quvchisi M.Qo‘chqorov va 11-“A” sinf o‘quvchisi I.Qobilova ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga ketgani, 10-“B” sinf o‘quvchilari F.Boymatov va B.Ibragimov darslarda muntazam ravishda qatnashmagani aniqlangan.

Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Har bir bola o‘z mikrohududiga biriktirilishi kerak – Xalq ta’limi vazirligi

Maktab direktori M.Turdiyevaga Surxondaryo viloyat XTB boshlig‘ining buyrug‘i bilan “hayfsan” intizomiy chorasi ko‘riladi. Shundan so‘ng M.Turdiyeva “nomutaxassissan” degan vaj bilan F.Toshboyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasini buzib, uni ishdan haydash tadorigiga tushgan.

Ushbu holat yuzasidan izoh olish maqsadida Sputnik O‘zbekiston muxbiri Bandlik va aholini mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatiga murojaat qildi.

“Maktab direktorining 2019-yil 24-iyundagi buyrug‘iga bilan Mehnat kodeksining 100 moddasi 2-qism 2-chi bandi (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi) asosan Farhod Toshboyev bilan mehnat shartnomasi tugatilgan. Chunki Toshboyevning mutaxassisligi kimyo-texnolog. Biroq 102-moddaning “Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish talablari buzilgan. Maktab direktoriga bu qoidabuzilishni bartaraf etish haqida taqdimnoma berilgan”, - deb ma’lum qilishdi matbuot xizmatida.

 

Yangiliklar lentasi
0