Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lamaganlar Rossiyaga kiritilmaydi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishReyd GIBDD
Reyd GIBDD - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lamagan xorijiy fuqarolar mamlakatga kiritilmaydi.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Rossiya hududida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lamagan chet el fuqarolari mamlakatga kiritilmaydi.

Rabota taksi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchi-migrantlar Rossiya qonunchiligida talabchanlik kuchayishiga tayyor bo‘lishlari kerak

RIA Novostining yozishicha, bu haqda Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsev yo‘l qurilishi bo‘yicha davlat kengashida ma’lum qilgan.

Kolokolsevning so‘zlariga ko‘ra, IIV Federal bojxona xizmati bilan birgalikda maxsus ma’lumotlar axborot bazasini tuzadi.

“Natijada Rossiyadan chiqib ketayotgan chet el fuqarolari tomonidan jarimalar to‘lanishini nazorat qilish hamda ular majburiyatlarini bajarmaguncha kirishga vaqtinchalik taqiq qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi”, - degan IIV rahbari.

Avvalroq Rossiya deputatlari 2019-yilda yo‘lovchi tashuvchi to‘g‘risidagi qonunga chet el fuqarolariga Rossiyada taksi haydovchisi bo‘lib ishlashni taqiqlovchi o‘zgartirishlarni kiritishni rejalashtirishayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0