Toshkentda bir tonna “oq o‘lim” yo‘q qilindi – maxsus reportaj

Obuna bo‘lish
Bugun, 26-iyul kuni Toshkentda DXX tomonidan 1 tonnadan ortiq (1028 kg) narkotik moddalari yo‘q qilindi.

26 iyun "Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash" kunidir. Shu munosabat bilan bugun Toshkentda bir tonnadan ortiq (1028 kg) narkotik moddalarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus tadbir o‘tkazildi.

Bu muhim tadbirga mahalliy va xorijiy jurnalistlar taklif qilindi. Tadbirda Sputnik O‘zbekiston muxbiri ham ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, narkotiklar orasida 7,7 kg geroin, 195 kg opiy, 56 kg gashish, 557 marixuana, 130 kg ko‘knor, 81 kg kanabis va 263 gr sintetik narkotiklar bor.

Yangiliklar lentasi
0