Toshkent hokimi noqonuniy daraxt kesuvchilarni tutib oldi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishTopor, votknutiy v pen
Topor, votknutiy v pen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noqonuniy daraxt kesuvchilar "yagona oyna" orqali 61 ming so‘m evaziga 20ta daraxt kesishga ruxsat olishgan.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Toshkentda bir guruh noqonuniy daraxt kesuvchi shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda shahar hokimiyati matbuot xizmati.

25 iyun kechqurun Toshkent shahar hokimi Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan o‘tar ekan, “Turkiston” san’at saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotganiga guvoh bo‘ladi. Daraxt kesuvchilardan ruxsatnoma so‘ralganda, ular quyidgi hujjatni taqdim etishgan:

“Yagona oina” davlat xizmatlari markazidan 61 ming so‘m evaziga diametri 70-80 santimetr bo‘lgan 20 ta daraxtni kesish uchun olingan ruxsatnoma.

Voqea joyiga tezlik bilan Yunusobod tuman hokimligi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIBB va prokratura mutasaddilari  chaqirilib surishtiruv o‘tkaziladi. Natijada tuman hokimi ushbu daraxtlarni kesishga ruxsat bermagani ma’lum bo‘ladi. 

V Tashkente nezakonno virubili 198 derevyev - Sputnik O‘zbekiston
Soyasiz bog‘: Toshkentda qariyb 200 ta daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu noqonuniy harakatga aloqador guruh qo‘lga olingan. Prokratura nazoratida sog‘lom daraxtlarni kesish bo‘yicha aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu holat munosabati bilan, Toshkent hokimligi barcha fuqarolarga  yana bir bora murojaat qilib, siz noqonuniy daraxt kesilayotganining guvohi bo‘lsangiz darhol 102 telefon raqami orqali IIBBga hamda +71 210 01 63 raqami orqali Toshkent shahar hokimligiga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0