Sakkizinchi iyuldan boshlab Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya aviatashuvchilariga Gruziyaga parvoz qilishni taqiqlovchi farmoni kuchga kiradi. Bu Gruziyada rusofob holati kuchaygani tufayli qabul qilindi. Bundan tashqari, turoperatorlar Rossiyadan Gruziyaga yo‘llanmalar sotishni bekor qilishmoqda.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Gruziyaning muqobili sifatida mamlakat tanlashda sayyohlar uch ko‘rsatgichga e’tibor qaratishadi: erkin kirish, chunki Gruziya rossiyaliklar uchun vizasiz mamlakat edi, budjet va sayohat qilish imkoniyatlari.
“So‘nggi yillarda sayohatchilar uchun qo‘shni davlat turizm bozorlariga talab katta. Agar ekskursiya turizmini oladigan bo‘lsak, bu Yerevan, ommabop Boku hamda O‘zbekiston”, - deydi Gorin.
Shuningdek, u rossiyaliklar MDH mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilishlarini ta’kidladi, chunki u yerlarda madaniy-tarixiy, ekskursiya va gastronomik turizm uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Avvalroq O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi rossiyalik turistlar soni 2018-yilda uch baravarga oshgani xabar qilingan edi. Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayevning ma’lum qilishicha, 2018-yilda Rossiyadan 371,5 ming kishi kelgan.
Hozirda ikki mamlakat davlat va xususiy turizm operatorlari tomonidan rossiyaliklarning O‘zbekistonda qulay va xavfsiz sayohat qilishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratish ustida ish olib borilmoqda.h. 2018-yilning oxirida O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” loyihasi doirasida mamlakatning turistlik imkoniyatini namoyish qilish maqsadida Yekaterinburg, Ufa, Qozon va Novosibirsk shaharlariga tashrif buyurishgan edi.