Portlashlar tufayli Ufa-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd Turkistonda to‘xtab qoldi

© pixabayJeleznodorojniy pereyezd
Jeleznodorojniy pereyezd - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ufa shahridan Toshkent shahriga harakatlanayotgan va ichida O‘zbekiston fuqarolari yo‘lovchi va bortprovodniklar bo‘lgan 382-son temir yo‘l reysi to‘xtatib qo‘yilgan.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Arisdagi portlashlar tufayli “Ufa-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan poyezd Turkistonda to‘xtab turgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yil 24-iyun kuni Qozog‘istonning Aris shahridagi favqulodda vaziyat munosabati bilan Ufa shahridan Toshkent shahriga harakatlanayotgan va ichida O‘zbekiston fuqarolari yo‘lovchi va bortprovodniklar bo‘lgan 382-son temir yo‘l reysi to‘xtatib qo‘yilgan.

Vzrivi i panika: voyennie evakuiruyut mestnix jiteley - video - Sputnik O‘zbekiston
TIV: Qozog‘istonda yuz bergan portlashlarda o‘zbekistonliklar jabr ko‘rmagan

“Ayni paytda poyezd Turkiston shahri temir yo‘l vokzalida turibdi va yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat berilishini kutmoqda”, - deyiladi TIV xabarida.

Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan. Poyezd yo‘lovchilariga suv va oziq-ovqat berilmoqda. Poyezdning qachon harakatni davom ettirishi Aris shahridagi vaziyat barqarorlashishiga bog‘liq. 

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (tel. :  +7-717-295-42-52) yoki Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel. :  +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni ertalab soat 09:20da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda o‘q-dorilar portlashi yuz berdi. Hozirda voqea sababi va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Shahar aholisi evakuatsiya qilingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 70 dan ko‘proq kishi jarohat olgan, ulardan 15 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Yangiliklar lentasi
0