Islom akademiyasida nufuzli tashkilot IRCICA kafedrasi ochildi

© Press-slujba Mejdunarodnoy islamskoy akademii UzbekistanaSeremoniya otkritiya kafedri istorii i istochnikovedeniya islama v Mejdunarodnoy islamskoy akademii Uzbekistana
Seremoniya otkritiya kafedri istorii i istochnikovedeniya islama v Mejdunarodnoy islamskoy akademii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IRCICA bosh direktori Xalit Eren ilm-fan ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Faxriy doktori” unvoni bilan mukofotlandi.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekistonda islomshunoslik: yutuq va istiqbollari”  mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Xalqaro anjumanda xorijdan kelgan va mamlakatning yetakchi professorlari, olimlari Movarounnahrda islom dinining tarqalishi, diniy ta’lim rivojlanishi va istiqbollari, islomshunoslik yo‘nalishlari, islom dini taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ulamolarimiz ilmiy merosi, moturidiya ta’limotiga oid manbalarni tadqiq qilish kabi dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Mejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Din haqida ilm beruvchi dunyoviy maskan: xalqaro islom akademiyasi hayotidan reportaj

Ushbu seminar doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Islom tarixi, san’ati va madaniyati tadqiqot markazi – IRCICA hamkorligida nashrdan chiqarilgan “Samarqand musulmon olimlari epitafiyalari (X-XIV asrlar)” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro seminarga nufuzli xalqaro tashkilot – IRCICA bosh direktori, professor Xalit Eren xalqaro seminarda qatnashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi va ushbu tadbir doirasida akademiyada “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA kafedrasi”ning ochilishida qatnashdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi IRCICA bosh direktori Xalit Erenning ilm-fan ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan hissasini yuqori baholab, uni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Faxriy doktori” unvoni bilan mukofotladi.

Shu kuni professor Xalit Eren akademiyada ushbu oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ma’ruza o‘qidi. 

IRCICA bosh direktori tashrifi davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hududidagi ziyoratgohlar, Hazrati Imom majmuasi va u yerdagi “Qur’on nusxalari muzey”ni ziyorat qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0