Ertaga ba’zi hududlarda 42 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishGorojane spasayutsya ot jari v fontane parka 300-letiya Sankt-Peterburga.
Gorojane spasayutsya ot jari v fontane parka 300-letiya Sankt-Peterburga. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda ertaga havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Ertaga 26-iyun chorshanba kuni ba’zi hududlarda havo harorati 42 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Gidrometeorologiya markazi.

Quyundan qanday saqlanish kerak - Sputnik O‘zbekiston
Chang to‘fonida qanday jon saqlash mumkin

Xususan, ana shunday ob-havo  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Buxoro va Navoiy viloyatlarid viloyatida kuzatilishi mumkin. Ushbu viloyatlarda kunduz kuni havo harorati +37... + 42 darja issiq, tunda +20 ... +25 daraja bo‘lishi mumkin.

Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi +35 ... +40 darjagacha ko‘tarilishi, tunda +19 ... +24 daraja bo‘lishi mumkin.

Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkentda havo harorati +37 ... +39 daraja, tunda +20...+22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol tezligi o‘rtacha 3-8 metrni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0