Samvel Babayan “Lokomotiv” bosh murabbiyi sifatida qizg‘in mashg‘ulotlarni boshlab yubordi

© Instagram / Lokomotiv (Tashkent)Babayan ofitsialno predstavlen v kachestve glavnogo trenera "Lokomotiva"
Babayan ofitsialno predstavlen v kachestve glavnogo trenera Lokomotiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Babayan qo‘li ostida dastlabki mashg‘ulot qizg‘in ruhda kechdi. Futbolchilar mashg‘ulotda astoydil o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishdi.

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Klub futbolchilari yangi murabbiy qo‘l ostida dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Bu haqda “Lokomotiv” matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, “Lokomotiv” Superliganing 12-turida “Dinamo”ga imkoniyatni boy bergach, klub murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y bergan. Shu paytgacha asosiy jamoaga ustozlik qilib kelgan Andrey Fodorov iste’foga chiqarilgan.

Xabarda Babayan qo‘li ostida dastlabki mashg‘ulot qizg‘in ruhda kechgani, futbolchilar mashg‘ulotda astoydil o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishgani qayd etilgan.

Glavniy trener sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Umrbod o‘zbek futbolidan chetlatilgan Babayan yana bosh murabbiylikka qaytdi

Umrbod o‘zbek futbolidan chetlatilgan Babayan yana bosh murabbiylikka qaytishi bir oy oldin paydo bo‘lgandi. “Temiryo‘lchilar" rahbariyati jamoaning so‘nggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fodorovni iste’foga chiqarishga qaror qilgani haqida mish-mishlar bolalagandi. Uning o‘rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlanlanishi ishonch bilan qayd etilgandi.

Bugungi kunga kelib bir oy oldin urchigan xabarlar o‘z tasdig‘ini topdi va Sambel Babayan rasman “Lokomotiv” bosh murabbiyi sifatida qizg‘in mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmagani uchun murabbiylar tarkibi bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilgandi. Keyinchalik futbolchilarning hujjatlarini o‘zgartirish va o‘z manfaatlarini milliy jamoa manfaatlaridan ustun qo‘ygani uchun Babayan umrbod o‘zbek futbolidan chetlashtirilgandi. Lekin keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Babayanning diskvalifikatsiyasi u e’lon qilinganidan ikki hafta o‘tib bekor qilingan bo‘lgan. Joriy yilning fevral oyida Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” professional futbol klubi prezidentiga maslahatchi etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0