TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Rospotrebnadzor Gruziyadan keltiriladigan alkogol mahsulotlar ustidan nazoratni kuchaytiradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, bunga mahsulotning sifati yomonlashgani sabab bo‘ldi.
2014-2018 yilda talabga javob bermaydigan alkogolning miqdori 2,9 baravarga ortdi. O‘tgan yili sifatsiz mahsulot 203 ming litrni tashkil qildi.
Birinchi navbatda nazorat choralari "Bagrationi-1882", "Bolero end Kompani", "Kaxetinskoe Traditsionnoe Vinodelie", "Badagoni", "Dom Gruzinskogo Vina", "Korporatsiya Gruzinskoe Vino", "Kompaniya Gruzinskix Vin i Alkogolnix Napitkov" va "Batono" kompaniyalar mahsulotlariga ta’sir qiladi.
Hozirgi vaqtda bu korxonalarning mahsulotlari Rossiyaga olib kirishga ruxsat berilmadi.