TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Rossiyada musulmonlar orasida tuzilayotgan yashirin nikohlar muammosini hal qilish choralari qidirilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti. Ushbu muammo 21-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy boshqarmasi majlisi va Muftiylar kengashida muhokama qilindi.
Rossiya Muftiylari fikriga ko‘ra – shar’iy nikohlarning yagona bazasini tashkil qili orqali yashirin nikohlar muammosini hal qilish mumkin.
“Shuni afsus bilan qayd etish lozimki, Rossiyada yashirin nikohlar muammosi bor. Musulmon diniga mansub qiz bola, birovning ikkinchi yoki uchinchi xotiniga aylanib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda albatta janjal kelib chiqadi”, - deydi Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov.
Muftiy aytishiga qaraganda aksariyat hollarda yashirin nikohlar islom qoidalariga to‘la muvofiq ravishda tuzilmaydi. Yosh kelin-kuyov ota-onasi va yaqinlarining roziligisiz va ularga xabar bermagan holda nikohdan o‘tadi. Erkak kishi esa, birinchi yoki ikkinchi nikohda ekanligini o‘zining oldingi xotinlari haqida xabar berishi shart.
Musulmoni dinida oila qurish qoidalari oson bo‘lgani uchun, ko‘pchillik uni o‘z foydasiga hal qiladi. Ya’ni ikkinchi yoki uchincha marotaba oila qurayotganlar o‘zlarining boshqa oilasi borligini yashiradi.
“Afsuski Moskvada bunday holatlar tez-tez uchramoqda. Bu yerga ishlash uchun kelgan xorijiy fuqarolar, birinchi oilaga xabar bermagan holda ikkinchi yoki uchinchi oila tashkil qilishmoqda. Bunday tartibsizlikda oila qurish masalasi xavotirga soladi”, - deydi Moskva muftiysi.
“Biz ushbu yo‘nalishda ishlayapmiz, shar’iy nikohlarning yagona bazasini tashkil etish ushbu muammoning yechimi bo‘lishi mumkin”, - dedi Alyautdinov.
Shar’iy nikohda dastlab kelin va kuyov roziligi olinadi, keyin ularning ota-onasi, oila boshlg‘i yoki qarovchisining roziligini olish kerak. Kelinga to‘y sovg‘asi berish, nikoh udumini amalga oshirish va undan keyin mehmonlarni to‘yga taklif qilish kerak. Shunday qilib nikohning ko‘plab guvohlari paydo bo‘ladi.
Shunday bo‘lsada, muftiy ayollarga o‘z kelajagi va xavfsizligi uchun, nikoh munosabatlarini dastlab ZAGSda ro‘yxatdan o‘tkazishni maslahat beradi. Shunda kelajakda nikohda paydo bo‘ladigan bolalar ijtimoiy himoyalangan bo‘ladi.