"Hamma ham unday harakat qilmayapti": Mirziyoyev Sodiq Safoyev faoliyatini e’tirof etdi

© Press-klubPerviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Sadik Safayev
Perviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Sadik Safayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini ko‘tarish, faol tashqi siyosat olib borish sohasida Senatning muhim vazifalari borligini ta’kidlar ekan, bu borada Safoyev tomonidan ko‘pgina ishlar amalga oshirilayotganini aytdi

TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-iyun kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev faoliyatini boshqa senatorlarga o‘rnak qilib ko‘rsatdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Senatiga yangi rais saylandi

Mirziyoyev O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini ko‘tarish, faol tashqi siyosat olib borish sohasida Senatning muhim vazifalari borligini ta’kidlar ekan, bu borada Safoyev tomonidan ko‘pgina ishlar amalga oshirilayotganini aytdi.

"Katta hayotiy va senatorlik tajribasiga ega Sodiq Safoyev xorijiy davlatlar parlamentlari va xalqaro tashkilotlar bilan ko‘pqirrali va samarali hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi tub islohotlarning ma’no-mazmunini jahon jamoatchiligiga yetkazishda jonbozlik bilan faoliyat ko‘rsatmoqda", - dedi davlat rahbari va hamma ham unday harakat qilmayotganini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekiston prezidenti so‘zlariga ko‘ra, yuqori palataning xalqaro yo‘nalishda hali to‘la ishga solinmagan imkoniyatlar mavjud va shu bois bundan keyin Senat 30% ko‘proq harakat qilishi talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0