Qozog‘istonlik magnit-ayol Ginnes kitobiga kirishi mumkin

CC0 / pixabay / Devushka na beregu morya. Illyustrativnoe foto
Devushka na beregu morya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonlik Karligash Nigmetova magnit singari uzoq vaqt badanida metall buyumlarni ushlab turishi mumkin.

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. Qozog‘iston Uralsk shahrida istiqomat qiluvchi Karligash Nigmetova o‘z qobiliyati bilan Ginnes rekordlar kirishni xohlamoqda.

Nigmetova magnit kabi o‘z badanida og‘irligi o‘n kilo bo‘lgan temir buyumlarni ushlab turishi mumkin. 

Masalan, ayol sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan to‘rtda dazmolni (har biri 1,5 kilo) badanida bemalol ushlab turish qobiliyatiga ega.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Moy GOROD (@moigorodkz)

“Hammasi 26-yil muqaddam katta qizim tug‘ilganda boshlandi. Shifokorlar o‘sha vaqtda menga – bo‘yin va orqa umurtqa osteoxondroz tashhisini qo‘yishgan. Men ularga ishonmadim va tabiblarga murojaat qildim, ular esa menga biomagnitizmni rivojlantirishni maslahat berishdi”, - deydi Nigmetova.

Bu maslahatga quloq solib, ayol o‘zida ochilmagan qobiliyatni rivojlantirishni boshladi.

“Odamzod organizmi imkoniyati cheksiz. Lekin, afsuski, hamma ham buni bilmaydi. Men bu qobiliyatga ega bo‘lganimni anglab, o‘z ustimda ishlashni boshladim va odamlarga foydam tegishi mumkinligini tushundim”, - deb ta’kidladi ayol.

Ayol o‘z qobiliyatini odamlar foydasiga yo‘naltirishga qaror qildi. Bu qobiliyat bilan u odamlarni davolashi mumkinligini tushungan holda tabiblik litsenziyasini olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qildi.

Vazirlikda ijobiy qaror qabul qilinib, unga tegishli hujjat rasmiylashtirib berildi. Hozirgi vaqtda Karligash Nigmetova har kuni bemorlarni qabul qiladi.

Yaqin vaqtlarda u Ginnes rekordlari kitobiga kirish uchun ariza bermoqchi. U inson qobiliyati cheksizligi, odamlar o‘z energiyasini boshqarishi va uni boshqa insonlarga o‘tkazishi mumkinligini isbotlamoqchi.

Yangiliklar lentasi
0