TOSHKENT, 21 iyun - Sputnik. 20 iyundan 21 iyungacha oʻtar kechasi Tbilisida Gruziya parlamenti binosi yonida koʻp ming kishilik norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi. Gruziya politsiya xodimlari namoyish ishtirokchilarining deyarli barchasini tarqatib yubordi. Bu haqda Sputnik Gruziya xabar qilmoqda.
Gruziyadagi Rustaveli xiyobonida payshanba kuni minglab kishilar toʻplandi, ularning bir qismi parlament binosiga hujum qilishga urinishgan. Politsiya xodimlari namoyishni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizadigan gaz va rezina oʻqlarni qoʻllashga majbur boʻlgan.
Gruziya bosh vaziri maslahatchisi David Sergeyenkoning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, norozilik namoyishida 69 kishi, jumladan, 39 nafar politsiyachi jabrlangan.
OAV xabariga koʻra, 100 ga yaqin kishi qoʻlga olingan.
Mojaroga kursi sabab boʻldi
Namoyishning boshlanishiga Rossiya davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning Gruziyaga Pravoslaviya parlamentlararo assambleyasi prezidenti sifatida kelgani sabab boʻlgan.
Muxolifatchilar Gruziya hukumatini oʻz vatanini sotishda ayblagan, chunki ular Abxaziya va Tsxinvalis mintaqasi (Janubiy Osetiya) mustaqilligini qoʻllab-quvvatlagan va Abxaziya urushida gurzinlarga qarshi ishtirok etgan kishini mamlakatga kiritib, parlamentdagi sharafli joyga oʻtqazishgan.
“Afsuski, yolgʻon xabarlar tarqatayotgan radikallar guruhining xatti-harakatlari tufayli parlamentdagi tadbir bekor qilindi... Men hech qachon Abxaziyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan”, - dedi Gavrilov Sputnik᾽ka bergan intervyusida.
Gruziyaning hukmron partiyasi “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” yetakchilari, oʻz navbatida, tadbirda 20 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirok etgan tadbirda protokol xizmati tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilganini maʼlum qilishgan.
Namoyishchilar va Parlament
Parlament binosi yonida bir necha ming kishi toʻplandi, ularning aksariyati bir necha yil ilgari Mixaila Saakashvilining sobiq safdoshlari tuzgan “Yagona milliy harakat” va “Yevropacha Gruziya” partiyalari tarafdorlari.
Rossiyaga qarshi va vatanparvarlik shoirlariga parlament raisi, IIV va DXX rahbarlari isteʼfosi talablari qoʻshilgan. Shuningdek, parlamentda muddatidan avval saylovlar oʻtkazishni talab qilishgan.
Moskva bu haqda qanday fikrda?
Rossiya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Grigoriy Karasin Tbilisida Rosssiya delegatlari ishtirok etgan Pravoslaviya parlamentlararo assambleyasi yigʻilishi bu tarzda toʻxtatilganidan gʻazablanganini maʼlum qildi.
Shu bilan birga, diplomat Rossiya ikki mamlakat xalqlarining manfaatlariga xizmat qiluvchi rus-gruzin munosabatlarini normal holga keltirish niyatida ekanligini bildirgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda Gruziya poytaxtida boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlari oʻz yakuniga yetgan, biroq muxolifatchilar odamlarni yana namoyishlarga chaqirmoqda.