Xitoy yetakchisi davlat tashrifi bilan Shimoliy Koreyaga yo‘l oldi

© Sputnik / Sergey GuneyevSi Szinpin vistupil na sammite ShOS
Si Szinpin vistupil na sammite ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy raisi Si Szinpin rafiqasi Pen Liyuan bilan birgalikda birinchi bor KXDRga yo‘l oldi.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Bugun, 20-iyun kuni Xitoy raisi Si Szinpin rafiqasi Pen Liyuan bilan birgalikda birinchi bor KXDRga davlat tashrifini amalga oshirish maqsadida Pekinni tark etdi.

Prezident SShA Donald Tramp s flagom SShA na Konferensii konservativnogo politicheskogo deystviya - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Xitoy va Rossiya bilan yadroviy bitim tuzishni xohlamoqda

Odatda Xitoyga poyezdda keladigan Shimoliy koreyalik hamkasbi Kim Chen Indan farqli o‘laroq Si Szinpin KXDRga samolyotga bormoqda.

Xitoy rahbariga mamlakat tashqi ishlar vaziri Van I, Markraziy qo‘mita kanselyariya rahbari Din Suesan, Markaziy qo‘mita siyosiy byro a’zosi Yan Szechi hamrohlik qilmoqda.

Si Szinpinning Shimoliy Koreyaga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 70-yilligi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.

Bu Xitoy rahbarining so‘nggi 14-yil ichida davlat tashrifi bilan KXDRga birinchi bor borishi.

Si Szinpin 2008-yilda Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgan. U vaqtda u bosh vazir o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan. 2005-yilda Shimoliy Koreyaga Xitoy yetakchisi Xu Szintao tashrif buyurgan.

Yangiliklar lentasi
0