TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Joriy yilning 18-iyun kuni vaqtincha Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida ijarada yashagan 21 yoshli O‘.A. ismli ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan uyidan topilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhuma O‘.A.ning tanishi Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 26 yoshli A.I. rashk oqibatida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.