IIBB xodimi noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobilga zarar yetkazdi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB o‘z xodimining nojo‘ya qilmishi uchun uzr so‘radi va yetkazilgan zararni qoplash choralarini ko‘rmoqda.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. IIBB fuqaro avtomobiliga zarar yetkazgan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda boshqarma matbuot xizmati.

“Ayni damda IIB xodimiga nisbatan xizmat tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda. Toshkent shahar IIBB o‘z xodimining ushbu nojo‘ya hatti-harakati uchun uzr so‘raydi.”, - deyilgan IIBB xabarida.  

19 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda forma kiygan kishi “Kaptiva” avtomobilining chap old qanoti va orqa eshigini qandaydir predmet bilan chizgani aks etgan video tarqalgan edi.

IIBB o‘tkazgan tekshiruv natijasida voqea 17-iyun kuni soat 08:10 da sodir bo‘lgani aniqlandi. Yashnobod tuman IIBB xodimi “Matiz” avtomobilida ishga ketayotib noto‘g‘ri parkovka qilingan “Kaptiva” avtomobili tufayli  yo‘ldan o‘tib keta olmagan.

© GUVDSotrudnik GUVD Tashkenta potsarapal chujuyu mashinu za nepravilnuyu parkovku
IIBB xodimi noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobilga zarar yetkazdi - Sputnik O‘zbekiston
Sotrudnik GUVD Tashkenta potsarapal chujuyu mashinu za nepravilnuyu parkovku

IIB xodimi aytishiga qaraganda, ushbu avtomobil egasi E.B. noto‘g‘ri parkavka qilmaslik haqida oldin ham bir necha bor ogohlantirilgan.

Shuningdek, IIBB haydovchilardan o‘zaro hurmat saqlashga, avtomobilni boshqalarga, ayniqsa piyodalarga noqulaylik tug‘dirmaydigan qilib parkovka qilishni so‘raydi. Ushbu muammo ko‘p qavatli uylar hovlilarida ayniqsa dolzarb, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0