Komil Allamjonov: turk seriallari ustidan shikoyatlar soni 5 baravar ortdi

Obuna bo‘lish
Teletomoshabinlar Allamjonovga turk seriallari va lotoreya o‘yinlari soni ko‘payib ketganidan shikoyat qilishdi.

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov o‘zining Facebookdagi sahifasida nodavlat telekanallar faoliyatini tanqid qildi.

Xususan, Allamjonov Agentlik nomiga telekanallarda namoyish etilayotgan turk seriallarni ustida kelib tushayotgan arizalar soni 5 baravar ortganini xabar qildi.

“So‘nggi vaqtlarda mamlakat fuqarolarining nodavlat telekanallar efirida namoyish etilayotgan xorijiy, asosan turk seriallaridan noroziligi ortib borishi kuzatilmoqda va Agentlikka kelib tushgan murojaatlariga ko‘ra, ushbu seriallar ko‘p hollarda o‘zbek xalqining milliy udum va an’analariga, shuningdek milliy o‘zligimizga ma’no va mazmun jihatdan mos kelmaydi”, - deydi Allamjonov  

Ikkinchidan, Agentlik direktori nodavlat telekanallarda mahsulot va xizmatlar savdosini ko‘paytirishga qaratilgan pul va sovg‘alar o‘ynaladigan ko‘rsatuvlar soni oshganini aytib o‘tdi.

Allamjonov aytishiga qaraganda, nodavlat telekanallar ko‘rsatuvlar setkasi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, telekanallar tizimli ravishda Litsenziya kelishuvi talablarini buzib kelishmoqda va ushbu holatlar Agentlikda asosli xavotirlar uyg‘otmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0