TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. Maktablarda budjetdan tashqari manbaalardan pul topish yo‘llarini ko‘paytirish kerak, dedi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, matbuot anjumanida, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Bugungi kunda maktablar budjeti asosan davlat budjeti, mahalliy budjetlar hamda turli homiylik yordamlaridan kelib tushadigan mablag‘lar bilan to‘ldiriladi. Oldin ushbu borada oldin maktab direktorlarining qo‘li bog‘langan edi. Hozir esa kelib tushgan mablag‘larni imkon boricha xodimlarani rag‘batlantirishga ishlatamiz.
Maktablarda imkon boricha bitiruvchilar, xomiylar va boshqa yo‘llar bilan budjetdan tashqari pul topish yo‘lini yaratish kerak. Maktablarga yordam berish - umummilliy harakatga aylansin , dedi vazir.
Misol tariqasida, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 224 maktabni bitirib ketgan o‘quvchilari maktabni butunlay qayta qurib berayotgani keltirib o‘tildi. Vazir so‘zlariga ko‘ra qayta qurish uchun 10 milliarddan ortiq mablag‘ sarflangan.
Vazir aytishiga qargandan, Maktablarga yordam berish mavzusi so‘nggi bir yil ichida juda katta trendga aylangan, jumladan jurnalistlar yordami bilan ham.