Zelenskiy bilan uchrashuv vaqtida Merkelning mazasi qochdi - video

Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida Germaniya kansleri Angela Merkelning tobi qochdi.

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida Germaniya kansleri Angela Merkelning tobi qochdi.

Videoda ikki davlat rahbarlari qizil gilamda turgani aks etgan. To‘satdan Merkelni qaltiroq tutib, bir daqiqa ichida qo‘llari holatini o‘n martalab o‘zgartiradi. Biroq Zelenskiy bu holatga e’tibor bermaydi.

Germaniya kansleri o‘zini yomon his qilishiga issiq harorat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bukunda Berlinda havo harorati 30 darajaga yetdi.

“Men bir necha idish suv ichdim, o‘zimni yaxshi his etmoqdaman”, - dedi kansler.

Ukraina prezidenti bir kunli tashrif bilan Germaniyaga kelib, kansler bilan birinchi rasmiy uchrashuvni o‘tkazdi.

Ular Donbassdagi mojaroni to‘xtatish va iqtisodiy hamkorlikning yangi istiqbollarini muhokama qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0