Tramp Pentagon rahbarini almashtirdi

Obuna bo‘lish
AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib Mark Esper tayinlandi

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan bu lavozimga boshqa da’vogarlik qilolmaydi. Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib Mark Esper tayinlandi, deb bayonot qildi Tramp.

"Ajoyib ishni amalga oshirgan Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan, o‘z oilasiga ko‘proq vaqt ajratish uchun (senatda) tasdiqlanish jarayonini davom ettirmaslikka qaror qildi. Men Petga ajoyib xizmati uchun minnatdorlik bildiraman va (hozirgi) quruqlikdagi qo‘shinlar vaziri Mark Esperni mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlayman", - deb yozgan Tramp o‘zining Tvitterida.

AQSh prezidenti, shuningdek, Markni yaxshi bilishini va u bu ishni a’lo darajada uddalashiga shubha qilmasligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0