TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Samarqand shahrida erkak kishining jasadi topildi.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 12-iyun kuni Samarqand shahridagi U.Jo‘raqulov va I.Karimov ko‘chalari kesishmasida joylashgan hiyobondagi archalar orasidan osiyo millatiga mansub, 55-60 yoshlardagi noma’lum erkak kishining tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida Samarqand shahrida yashovchi 30 yoshli Z.N. o‘zaro janjal oqibatida marhum M.N.ning yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib jarohat olib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.
Xabarda qayd etilishicha, hozirda qotil Z.N. qo‘lga olingan
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.