Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on IES qurilishini tezlashtirishni topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTurakurganskaya teplovaya elektrostansiya
Turakurganskaya teplovaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi Namangan viloyatida qurilmoqda.

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on, Navoiy, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida olib borilayotgan qurilish va modernizatsiya ishlarini tezroq yakunlab, bu yil foydalanishga topshirish yuzasidan topshiriqlar berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Energiya dlya Ferganskoy dolini - Sputnik O‘zbekiston
Vodiy ahli uchun energiya: To‘raqo‘rg‘on elektrostansiyasi qanday qurilmoqda

Shuningdek, prezident Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarini o‘rnatish kerakligini ta’kidladi.

Xabarda davlat rahbari energiya resurslari ishlab chiqaruvchi, taqsimlovchi va yetkazib beruvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, uglevodorodlar qazib olish hajmini ko‘paytirish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish zarurligini ta’kidlagani qayd etilgan.

Joriy yilda O‘zbekiston 2 milliard 730 million dollar investitsiyalarni o‘zlashtirish hisobiga neft-gaz sohasida 16 ta, 850 million dollar evaziga kimyo tarmog‘ida 17 ta, 1 milliard dollardan ziyod mablag‘ vositasida elektr energetikasi bo‘yicha 28 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0