TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Qarshi tumanida o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 15-iyun kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va Qarshi shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkaziladi.
Tadbir davomida Qarshi tumanida yashovchi 24 yoshli ayol tanishi 28 yoshli bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zi dunyoga keltirgan 10 kunlik chaqaloq o‘g‘lini “Qarshi” temir yo‘l vokzali oldida joylashgan avtobuslar to‘xtash joyida 1 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlanganlar.
Toshkentda 3 oylik farzandini 300 dollarga sotgan ota-ona qo‘lga tushdi
Holat yuzasidan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Navoiyda o‘n to‘rt kunlik chaqalog‘ini 5 million so‘mga sotayotgan ayol qo‘lga olindi
Shuni afsus bilan qayd etish lozimki, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda o‘z onasi yoki boshqa kishi tomonidan chaqaloqlarni sotishga urinish haqidagi xabarlar bot-bot quloqqa chalinmoqda.