Toshkentda yangi likor-aroq zavodini qurishga doir hujjat tayyorlandi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishDegustatsiya vin
Degustatsiya vin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Premium Uzbekistan” MChJ QK 2023-yil 1-yanvarigacha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinsin”, - deyilgan qaror loyihasida.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. “Toshkent shahrida yangi likor-aroq zavodini qurish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidentining 11.09.2017 yildagi “Yuqori sifatli etil spirti va likor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3263-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

“qo‘shma korxonani va qurilayotgan zavodni Toshkent shahri, Yashnabod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 23/35 manzilida joylashtirish”, - deyilgan hujjatda.

Likero-vodochniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Aroq, pivo va tamaki ishlab chiqaruvchilari sport solig‘i to‘laydi

Qarorning 7-band qo‘yidagi tahrirda bayon etish taklif etilgan:

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Premium Uzbekistan” MChJ QKga loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat etilsin:

2020 yilning 1-iyuligacha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich ekspertizadan o‘tkazish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirish;

zarur hollarda eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish yo‘li orqali, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan turib malakali loyihalashtiruvchilar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida tovarlarni yetkazib berishga tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan turib ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan shartnomalar tuzish;

qurilishda qatnashayotgan pudrat tashkilotlariga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yoqilg‘i-moylash materiallari limitlaridan ajratish.

“Premium Uzbekistan” MChJ QKga “Premium Uzbekistan”, “Premium O‘zbekiston”, “Premium Uzbekistan”, “Premium O‘zbekiston” firma nomlari (tovar belgilari) biriktirish.

Yangiliklar lentasi
0