TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Hukumat qarori bilan Jizzax viloyati Forish tumanida 2019-2020 yillarda qiymati 4 million AQSh dollari bo‘lgan, yiliga 4 million tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi qurilishi belgilandi.
Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.
Loyihani amalga oshirish maqsadida ta’sischilari “Phoenix Consulting GmbH” (GFR) va “Medianet in H.M.Hermsen” (GFR) bo‘lgan “UTD-Holding” MChJ tomonidan MChJ shaklidagi “UTD Cement” korxonasi tashkil etildi.
Qaror bilan mazkur loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlari ham tasdiqlandi.