AQSh harbiy samolyoti Rossiya chegarasida razvedka olib bordi

© VVS SShARC-135U - AQSh razvedkachi samolyoti
RC-135U - AQSh razvedkachi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaning harbiy samolyoti Kaliningrad viloyati chegarasida razvedka olib bordi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. AQSh harbiy havo kuchlariga tegishli samolyot Kaliningrad viloyati chegarasida razvedka olib bordi. Bu haqda RIA Novosti Plane Radar portaliga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Moskva vaqti bilan soat 9:50 da RC-135V Rivet Joint radiorazvedka samolyoti Buyuk Britaniyaning Mildenxoll aviabazadan uchib chiqdi.

​

Ikki soatdan so‘ng havo kemasini Kaliningrad viloyati chegara yaqinida ko‘rishdi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy, shu jumladan AQShning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo bo‘lmoqda.

Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida ko‘rishmoqda.

Pentagon Rossiya Mudofaa vazirligi chaqiruviga qaramasdan razvedka operatsiyalarini o‘tkazishni to‘xtatmayapti.

Yangiliklar lentasi
0