Soliq qo‘mitasi blogerni “tunagan” inspektorlarni ishdan haydadi

© Mejdunarodniy press-klubI.o predsedatelya Gosudarstvennogo nalogovogo komiteta Uzbekistana Bexzod Musayev
I.o predsedatelya Gosudarstvennogo nalogovogo komiteta Uzbekistana Bexzod Musayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soliqchilar blogerning telefonini tortib olmagan holda, tushuntirish ishlarini olib borish va hujjatlarni rasmiylashtirish bilan kifoyalanish lozim edi - DSQ.

TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. Blogerning telefonini olib qo‘ygan soliqchilar ishdan bo‘shatildi, dedi Davlat Soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Soliq qo‘mitasi bir necha kun oldin xodimlari O.Ziyayev va Sh.Hasanovlar tomonidan bloger Azizbek Ashurboyevning uyali telefoni olib qo‘yilishi doirasidagi vaziyatni o‘rganib  chiqqan va soliq inspektorlari vakolat doirasidan chiqqan va kasb odobi qoidalarini buzganligini aniqlab, ularni ishdan bo‘shatishga qaror qilgan. 

“Aziz Ashurboyev tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni bartaraf etish uchun uning shaxsiy uyali aloqa telefonini tortib olmagan holda, tushuntirish ishlarini olib borish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan kifoyalanish lozim edi.

Kasbiy faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ushbu xodimlar lavozimidan ozod etildi.

Kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi bunday nizolarni hal qilish mexanizmini joriy etish masalasini qonuniy va axloqiy jihatlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqishga kirishdi.

Planshet s otkritim v internete saytom - Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqda reklama joylayotgan blogerlar soliq to‘lashi shart - Soliq qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasi o‘z faoliyati ochiqligini ta’minlashdan manfaatdor bo‘lib,  bu yo‘lda jurnalistlar va blogerlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va qonuniy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini bildiradi”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 12-iyun O‘zbekiston OAVlarida “Blogerni tunagan qaroqchi” sarlavhali maqola tarqalgan edi. Unda aytilishiga ko‘ra Instagramda ommaviy bloger Aziz Ashurboyev reklama buyurtmasi uchun 400 ming so‘mni olish vaqtida soliqchilar uning telefonini olib qo‘yishgani hamda ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarining parollarini o‘zgartirib qo‘yishganidan shikoyat qilgan edi.

Ushbu shmaqola katta shov-shuvlarga sabab bo‘lib, prezident huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi direktori Komil Allamjonov bloger bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqishni talab qilgan edi. Keyinroq Bosh prokuratura ham ushbu ishga o‘z munosabatini bildirgan va blogerlik faoliyati qonun himoyasi ostida ekanini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0