OHIChK davlat rahbarlari uchun uyushtirilgan do‘stlik kechasi Tojikiston prezidentining shahardan tashqaridagi rezidensiyasida bo‘lib o‘tdi.
Oliy martabali mehmonlarga tojik milliy uyi, milliy hunarmandlik namunalari, milliy taomlarni tayyorlash jarayoni hamda ushbu o‘lkada yetishtirilgan meva-sabzavotlar va poliz ekinlari namoyish qilindi.
Shundan so‘ng prezidentlar Varzob rezidensiyasidan ochiladigan ajoyib tabiat manzaralarini tomosha qilishdi.