Abdulaziz Kamilov Federika Mogerinini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov i Federika Mogerini
Abdulaziz Kamilov i Federika Mogerini  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov Mogerinini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, O‘zbekiston va YeI munosabatlari rivojlanishida uning o‘rni muhim ekanini qayd etdi.

TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z instagramida Yevropa Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerinini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.  

Kamilov o‘z tabrigida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida yangi kun tartibi belgilanishida Federika Mogerini katta hissa qo‘shganini alohida qayd etdi.

“Bugun Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerinini tug‘ilgan kuni bilan tabriklash menga mamnuniyat baxsh etadi. U Yevropa Ittifoqining nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yangi kun tartibining muhim mualliflaridan biridir”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Federika Mogerini bilan 2017-yilning iyul oyida Brusselda uchrashib uni Samarqandga taklif etgan edi. Shundan So‘ng Yevrokomissiya raisi O‘zbekistonga ikki marotaba tashrif buyurdi: birinchi bor - 2017-yilning noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanish anjumanida ishtirok etish uchun va ikkinchi marotaba 2018-yilning mart oyida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Toshkent anjumanidan ishtirok etish uchun.

Yangiliklar lentasi
0